So’ngi yillarda Nukus shahrining chekka hududlarida qurilish ishlari faol olib borilmoqda. Bugungi kunda Xo‘jayli tumanga kiravershda joylashgan "Jideli Baysun" qishlogi yangi zamonaviy uylar bilan o‘zgacha tus olganligini ko‘rish mumkin.
Shu kunga qadar maxalliy axoli markaziy bozorga xarid qilish uchun jamoat transporti orqali qatnar edi. Axoliga xizmat ko‘rsatish, uzoq yo‘lni yaqinlashtirish maqsadida, o‘tgan yili ushbu maxallaga savdo o‘rinlari ob’ektlarining qo‘rilish ishlari boshlangan edi.
Qishloqda transport xizmatlari infratuzilmasini yaratish, takomillashtirish va yanada rivojlantirish maqsadida avtovokzal hamda avtotransport turar joylari qo‘rish ishlari boshlash ko‘zda tutilmoqda.
Bu yerda tadbirkorlar uchun ham qo‘lay shart-sharoitlar yaratiladi. Xususiy korxona “Qushmag” mayishi mebel jihozlari, metall darvozalar, eshiklar va to‘siqlar ishlab chiqarish belgilangan. Ayni paytda ushbu korxonada o‘ndan ortiq odam ish bilan ta’minlangan.
O‘tgan yildan boshlab oilaviy korxona "Vakerly" ishga tushgan bo‘lib, xozirgi kunda qishloqda yashovchi 4 ta fuqaro ish bilan ta’minlandi. Ushbu korxona non va non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlari nafaqat qishloq axolisi, balki boshqa savdo o‘rinlarida ham sotilmoqda. Amaliy san’at darajasini oshirish maqsadida qishloqda O‘zbekiston Respublikasi Ba’diy akademiyasi qoshidagi maxsus 3 etajli sanaat maktabi binosi qo‘rilgan.
"Jideli Baysun" qishlog‘ini yangilash va rivojlantirish ishlari tezlik bilan davom ettirilmoqda.