Buxoro viloyatining Qorakul tumanida «Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim konlari guruhini obodonlashtirish» loyihasini amalga oshirilishi buyicha keng ko‘lamdagi qurilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha buyurtmachisi «LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompaniyasi» MChJ, Koreyaning «Hyundai Engineering Co., Ltd.» kompaniyasi esa bosh pudradchi sifatida ish olib bormokda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.11.2014 yildagi PQ-2262-sonli Karoriga asosan ilk bor tabiy gaz tayyor mahsulot sifatida 2018 yilning 1 iyulidan ishlab chiqarilishi rejalashtirildi.
Bugungi kunda Koreyalik quruvchi-muhandislar gazni kayta ishlash zavodining yangi qurilgan «Kandim» 220/35/10 kV li podstansiyasini tashqi elektr tarmoqlariga ulash uchun tayyorgarlik ishlarini jadal olib borishmoqda.
Zavod podstatsniyasini tashqi tarmoqqa ulanishi bilanoq, muhandislar texnologik uskunalarni qo‘shish va sozlash ishlarini boshlab yuborishadi.
"O‘zstandart" agentligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi shu yilning 3 fevralida «Hyundai Engineering Co., Ltd.» kompaniyasining elektrqurilmalarni tarmoqqa ulash oldi ishlarini olib borish uchun tashkil etilgan elektrotexnik laboratoriyasini muvofaqiyatli attestatsiyaladi.