Ochiq muloqot tarzidagi seminar uchrashuvi tashkil etildi

2017 yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan joylarda axoli bilan ochiq muloqatlar uyushtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shu jumladan Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi shu kabi tabdirlarni o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.2017 yil 2 fevral kuni markazning metrologiya bo‘limi xodimlari xamda Chirchiq prokuraturasi vakillari ishtirokida 2-sonli umumta’lim maktabi binosida ochiq muloqat tarzidagi seminar o‘tkazildi.O‘tkazilgan seminar 18 va 24 –sonli maxallalar raislari,maxalla faollari va axolisi bilan soxaga oid dolzarb muammolarini xal qilish choralarini ko‘rish masalalarida kerakli tavsiyalar va yechimlari borasida olib borildi.

Tashkillashtirilgan seminarning asosiy maqsadlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun”ijrosini ta’minlash , axoli bilan ochiq muloqatni yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yuritish, xalqning murojaatlarini bilan ishlash, markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan metrologik xizmat ko‘rsatish turlari bilan tanishtirish, xonadonlarda o‘rnatilgan maishiy gaz,suv va elektr xisoblagichlarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida uchrashuv davomida keng yoritib berildi. Axolini qiziqtirgan savollar o‘z xizmat vakolatlari doirasida javoblar berilib, qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida takliflar belgilab olindi.