Tadbirkorlarga madad
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, dunyo andozalariga mos mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatilishi, hamda ularning eksport salohiyatini oshirishda “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish” idorasi mutaxassislari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, xududimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Qo’qon Konserva” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan konserva mahsulotlarining jahon standartlari talabiga javob berishida mahsulotlarni sertifikatlashtirilishi ham albatta mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratib berilgan erkin ishbilarmonlik muhitini rivojlantirilishida muhim rol o‘ynaydi.
Buning natijasida hozirgi vaqtda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan sifatli konserva mahsulotlari xalqimiz dasturxonlarini bezatib kelmoqda.