Asosiy maqsadimiz aholini sifatsiz mahsulotdan himoya qilish
O’zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga asosan odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo’lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish sertifikatlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoroqolpog’iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib ushbu yo’nalishlarda ishlarni jadallashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Bu borada Samarqand viloyatida ham ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda, hususan viloyatning mutasaddi tashkilotlari bilan kelishgan holda joriy yilning 31 yanvar kuni “Samarqand viloyati savdo nuqtalarida hamda bozorlarda sifatsiz mahsulotlarning realizatsiya qilinishini oldini olish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan Chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi.
Viloyatdagi savdo tarmoqlarida mahsulot sifatini yuzasidan profilaktika ishlari o’tkazilmoqda hamda tadbirkorlarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatilmoqda.
Shu o'rinda savdodagi mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda har birimiz mas'ul ekanligimizni unutmasligimiz zarur.