Samarqand viloyatida elektron gaz xisoblagichlari axoliga tadbiq etilmoqda.

Samarqand shahrida “Markazgazta’minot” unitar korxonasi tomonidan gaz xisoblagichlarini yanada aniqroq ishlashi uchun elektron hisoblagichlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 
Endilikda bu jarayonni tumanlarga ham tadbiq etilishi rejalashtirilgan. Elektron gaz xisoblagichning qulaylik tarafi shundan iboratki o‘lchash ko‘lamini aniq ko‘rsatish imkonini beradi.
Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida ushbu gaz xisoblagichlarni kelajakda kredit orqali ham iste’molchilarga yetkazish imkoni yaratilmoqda.