Farg‘ona viloyati korxonalarida sifat menejment tizimini joriy qilish bo‘yicha seminar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2017 yildagi PF-4931-sonli “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi haqida


1. Farg‘ona viloyat xokimligida 2017 yil 23 yanvar kuni utkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, hususiy mulkni xar tomonlama ximoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jixatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 4848-sonli Farmon va korxonalarda sifat menejment tizimini joriy qilish bo‘yicha tushunchalar, xamda tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berdildi. 

2. Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlantirishga, hususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini sifat jixatdan yaxshilashga, shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda arashmaslik va to‘sqinlik qilmaslik kerak bo‘lsa davlat organlari aybdor xodimlariga nisbatan nafaqat intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikning eng qat’iy choralarini qo‘llash majburyatlari xaqida gapirib o‘tildi. 

3.Mazkur Qaror tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo‘jalgi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asnoda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholini daromadlarini oshirish maqsadida qabul qilingani. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 24 yanvar kuni Bosh vazir o‘rinbosari U.U.Roziqulov Qo‘qon shahriga tashrif buyurdi va “Qo‘qonspirt” aksionerlik jamiyati majlislar zalida 200 dan ortiq tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtrokida seminar o‘tkazildi. Seminar ochiq muloqat tarzda o‘tkazilib tadbirkorlarni qiziqtirgan savollar va muammolar joyida yechimini topdi. Shunday tartib o‘rnatilishi, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, "O‘zkommunxizmat" agentligi, "O‘zbekenergo” AJ, “O‘zavtotrans” AK, “O‘zavtoyo‘l” DAK hamda respublika va xududiy darajadagi kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatkichlar erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilari-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kommunikatsiyalarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga o‘z vaqtida tutashtirilgan xolda, kafolatli ulanishi aytib o‘tildi.