Xisoblagichlar bo‘yicha o‘tkazilgan tushuntirish ishlari

Davlat reyestirida mavjud bo‘lmagan xisoblagichlar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq doirasida qo‘llanishi mumkin emasligi to‘g‘risida

“Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi “- Davlat korxonasining “O‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati “ bo‘limida bugungi kunda is’temolchilar tomonidan qiyoslash ko‘rigidan o‘tish maqsadida topshirilayotgan maishiy gaz,suv va elektr xisoblagichlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestiriga kiritilganligiga axamiyat berish xaqida yana bir bor tushuntirish ishlari olib borildi.Davlat reyestirida mavjud bo‘lmagan xisoblagichlar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq doirasida qo‘llanishi mumkin emasligi to‘g‘risida is’temolchilarga to‘g‘ri tushuntirish ishlari olib borish va kerakli ma’lumotlar va tavsiyalar berish xaqida xodimlar tanishtirildi.