Samarqandda standartlashtirish va metrololgya boshqarmasi hamda sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi xodimlari jamoasi tomonidan “Islom Karimovni yod etib” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining barcha mehnat jamoasi ishtirok etishdi. Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Jabborov, Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori S.Kushakov va boshqalar mamlakatimiz o‘tgan 25 yil mobaynida erishilgan muvaffaqiyatlarni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan uzviy bog‘lashini jumladan jaxon xaritasida “O‘zbekiston” degan mustaqil mamlakatni asoschisi aynan Islom Karimov ekanligini ta’kidlashdi.

Tadbirda Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining barcha mehnat jamoasi ishtirok etishdi. Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Jabborov, Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori S.Kushakov va boshqalar mamlakatimiz o‘tgan 25 yil mobaynida erishgan ulkan yutuq va marralarni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan uzviy bog‘lashini jumladan jaxon xaritasida “O‘zbekiston” degan mustaqil mamlakatni asoschisi aynan Islom Karimov ekanligini ta’kidlashdi. 
Shu ma’noda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarori xalqimiz ko‘nglidagi niyatning yorqin ifodasi bo‘ldi. 
Mustaqilligimiz asoschisi ishlab chiqqan taraqqiyotning "o‘zbek modeli" dunyo hamjamiyati tomonidan naqadar puxta o‘ylangan siyosat ekanligi e’tirof etildi. 
Qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, davlatning islohotlar tashabbuskori bo‘lishi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga tayanilgani yutuqlarimizning asosiy omili bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, qat’iyati va matonati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi, yorqin buyuk shaxs va davlat arbobi sifatida nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon hamjamiyatida ham yuksak hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ldi. 
Tadbir davomida Standartlashtirish va metrololgya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasini xodimlari Birinchi prezidentimiz Islom Karimov mangu qo‘nim topgan “Hazrati Xizr” majmuasiga tashrif buyurib marxum xotirasiga qur’on tilovat qilishdi.