Tadbirkorlarga ularning huquqlari tushuntirib berildi.
2017 yil 26 yanvar kuni Samarqand shahar hokimligining majlislar zalida “Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash: 2017 yilda bojxona va davlat organlari oldida turgan vazifalar” mavzusida uchrashuv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi, Samarqand shahar hokimligi, Transport prokuraturasi, Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi maxsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishdi.