Yangi tadbirkorga yangi hujjat
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga “O‘zstandart” agentligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan yaqindan yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Viloyatda yangidan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan avtomobillarga o‘rnatilagan gaz uskunalarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi yo‘nalishi bo‘yicha “TEXNIKA SERVIS” MChJ, go‘sht mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha “AMIRSHOX ISKANDAR O`KTAM” FX hamda non va konditer mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha “ALISHER FAYZ MARDONBEK” XK va “ASADOV LAZIZJON AZIMOVICH” MChJ kabi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlandi.