2017 yil 23 yanvar kuni Toshkent viloyatida 380 ta ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi

Ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlariga halqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish, milliy standartlarni ilg‘or halqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, sinov laboratoriyalarida halqaro standartlar asosida sinov usullarini qo‘llash hamda korxonalarda milliy va halqaro darajadagi sifat menedjment tizimlarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli qarorining mazmuni va mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli qarorining mazmuni va mohiyati, O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni mazmuni va mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyundagi 318-sonli qarorining mazmuni va mohiyati tushuntirildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi.