Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi. 

Samarqand viloyatidagi xo‘jalik yurituvchi subektlari uchun Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi, Iste’molchi huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi, Savdo-sanoat hududiy boshqarmasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan birgalikda 2017 yil 18-yanvarda davra suhbati o‘tkazildi.


Davra suhbati davomida Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi mutaxassisi tomonidan seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 29-yanvardagi “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-1913 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 122-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 12-dekabrdagi “Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini O‘zbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 324-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9-apreldagi “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 86-sonli Qarorlar yuzasidan seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar va ma’lumotlar yetkazib berildi.