Gaz hisoblagichlarning turlari
Gazni hisobga olish priborlarining har xil turlari mavjud, ular kommunal, sanoat va maishiy turlariga, hamda gaz sarfi bo‘yicha sinflarga ajratilmoqda. Ularni hamda ishlash prinsipi bo‘yicha rotorli, turbinali, girdob turlariga ajratilmoqda.
Turbinali gaz hisoblagich juda murakkab mexanizm bo‘lib, qimmat narhlarda sotilmoqda. Zamonaviy turbinali hisoblagichlar iste’mol qiladigan gaz sarfini ko‘rsatish, tizimni doimiy tekshirish, asbob-uskunasining ishlash paytida aniqlangan xatolarni yoki zarar signallarni masofaviy monitorga junatiladigan elektron tizimlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, hisoblagich tizimga noqonuniy ulanish xolatlari haqida signal junatadi.
Shunday qilib, ushbu hisoblagichlar sanoat korxona yoki gaz quvurlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.
Rotorli gaz hisoblagich yanada keng tarqalgan hisoblagichdir. Uning yuqori qiymati ishlab chiqarishda foydalangan materiallar narhlari tufayli. Hisoblagichning ishlash prinsipi juda oddiy – uning ichida joyidan gaz ta’siri ostida aylanadigan rotor bo‘ladi. Ushbu hisoblagich soatiga 200 kub metr gaz o‘tish uchun mo‘ljallangan. Rotorli hisoblagichlarni xususiy uyda yoki gazni kam iste’mol qiladigan sanoat korxonalarda o‘rnatish mumkin. Ushbu hisoblagich afzalliklari - kichik hajmi, yengil vazn, uzoq ishlash muddati.
Xonadon, xususiy uy, dachalarda asosan membranali gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi. Ushbu hisoblagich soatiga 12 kub metr gaz utish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori aniqlik va ishonchligi, hamda kichik narhlariga ega.
Girdob sarf o‘lchagich iste’mol qiladigan gazni hisobga olish uskunalardan eng murakkab qurilma hisoblanadi. Ushbu sarf o‘lchagich eng yuqori aniqligiga ega bo‘lib, iste’mol qiladigan gazni katta miqdorda o‘tkazadi. Girdob sarf o‘lchagich faqat ishlab chiqarish jarayoni gazni is’temoliga asoslangan yirik korxonalarda o‘rnatilmoqda.