Tadbirkorlar bilan muloqot
2016 yil davomida “O‘zstandart” agentligi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari va fermer ho‘jaliklariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya hamda mahsulotlarni qadoqlash va boshqa ko‘rsatgichlari yuzasidan 1260 ta korxonalarga bepul xizmatlar ko‘rsatilishiga erishildi. Shuningdek, Byuro vakillari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi hududiy idoralari bilan hamkorlikda, jami 116 ta seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etildi. Unda Byuroning vazifalari, va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarga bo‘lgan halqaro talablar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.