O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) vitse prezident CHJOU Xua bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Xitoy texnik tartibga solish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish va CATARC hamkorligida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
“Bir makon, bir yo‘l” grant loyihasi doirasida mutaxassislar uchun amaliyotlar tashkil etish, soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga elektromobil sohasidagi muvofiqlikni baholash munosabatlarini xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish va bu sohada xalqaro tajriba bo‘yicha ham masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning muhokama qilingan yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha choralar belgilandi.