Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan IECning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida xalqaro tadbirga mezbonlik qilayotgan Britaniya standartlar instituti (BSI) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov va Britaniya standartlar instituti (BSI) vakili Ping Yu o‘rtasidagi uchrashuvda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish sohasida hamkorlik koʻlamini kengaytirish, texnik qoʻmitalar faoliyatini takomillashtirish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish, standartlar tarjimasi, Britaniya xukumati va halqaro grantlarni jalb etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik toʻsiqlar, eksport-import maxsulotlarga qoʻyilgan talablarga  eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya oʻrtasida soha yoʻnalishida oʻzaro manfaatli  hamkorligini yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan toʻliq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga kengaytirish va yanada chuqurlashtirish boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv natijasiga koʻra, Britaniya mavjud mahsulotlar boʻyicha standartlar roʻyxatini olish, Britaniya hukumati va xalqaro grantlarni jalb etish, standartlarni halqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, seminar-treninglar tashkil etishga kelishildi.

Maʼlumot uchun: Britaniya standartlar instituti (BSI) faoliyati 1901-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ning toʻlaqonli aʻzosi. ISO tashkilotini 703 ta texnik qoʻmitasida toʻlaqonli, 171 ta texnik qoʻmitasida kuzatuvchi, IEC tashkilotini 171 ta texnik qoʻmitasida toʻlaqonli, 20 ta texnik qoʻmitasida kuzatuvchi sifatida faoliyat yuritadi.