O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yoʻnalishlarida ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusida innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tomonlar oʻrtasida istiqbolli rejalar belgilab olindi.