O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Avstriyaning "AVL" kompaniyasi Regional biznesni rivojlantirish direktori Ulf Exrbar bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va "AVL" kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati ko‘rib chiqildi va bu borada o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMT YEIK)ning 83 - Emissions of M1 and N1 vehicles, 100 - Electric power trained vehicles, 101 - CO2 emission/fuel consumption talablari bo‘yicha laboratoriyalarni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi muhokama qilingan masalalar doirasida birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: AVL kompaniyasi Avstriyaning Gratsda shahrida joylashgan, avtomobil, temir yo‘l, dengiz va energetika sanoatida ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Keng qamrovli ichki tadqiqot faoliyatiga asoslanib, kompaniya yashil, xavfsiz, texnologik yechimlar, metodologiyalar va ishlab chiqish vositalarini taqdim etadi. Ishchilari soni 12200 ta, yillik mablag‘ aylanmasi 2 mlrd yevroni tashkil etadi.