"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2024-yil 17-maydagi PQ-200-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasida Respublika shtabi tashkil etilgan.

Ishchi guruhlari tarkibida tadbirkorlar tomonidan yuborilgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Ishchi guruhi hamda tadbirkorlarni muammolarini tahlil qilish bo‘yicha 5 nafar mutaxassisi faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kuniga qadar tadbirkorlar tomonidan Respublika shtabining 7-ishchi (Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar) guruhiga jami 32 ta texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 18 tasi ekspert guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan holda hal etilib, 14 tasi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.