Maʼlumki, 2024-yil 5-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan birga mazkur Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-210-son Qarori ham imzolandi.
Ushbu yangi normativ hujjatlar mazmun-mohiyatini barcha xodimlarga yetkazish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminar mashg‘uloti davomida qonun va qarorning mohiyatini yetkazish, amaliyotda qo‘llash, unga rioya etish va ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha maʼruzalar qilindi. Yakunda tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.