Maʼlumki, 2022-yilning iyul oyida Toshkent shahrida "O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" va Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Standartlashtirish va Metrologiya markazi o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Ikki davlat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxatini (guruhlari, mahsulot turlari) aniqlash va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma sinovlar o‘tkazish loyihasini ishlab chiqish va xodimlar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida joriy yilning 2—3-iyul kunlari Bishkek shahrida Markazlar rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar "Harakat rejasi" imzolandi.