O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Braziliya Standartlashtirish tashkiloti (The Associação Brasileira de Normas Técnicas) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Braziliya Standartlashtirish tashkiloti (The Associação Brasileira de Normas Técnicas) faoliyati 1940-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Halqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Panamerika standartlari qo‘mitasi (COPANT) a’zosi. ISO tashkilotini 256 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 86 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi va 3 ta Sekretariatni boshqaradi.
Uchrashuvda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Braziliya o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga tushirish, ikki tomonlama aloqalarni jadallashtirish, o‘zaro munosabatlarning ko‘lamini kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Braziliya Standartlashtirish tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.