Ayni damda poytaxtimizda joylashagan “InterContinental Tashkent Hotel” mehmonxonasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan Butunjahon metrologiya kunining “Ertangi barqarorlik uchun bugun o‘lchaymiz” shiori ostida O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada metrologiyaning dolzarb masalalari, xususan, metrologik kuzatiluvchanlikning asosi sifatida kattalik birliklari, o‘lchash natijalarining ekvivalentligini tasdiqlash imkonini taklif qiluvchi xalqaro solishtirishlar, xalqaro hamkorlik nuqtayi nazaridan qonunlashtiruvchi metrologiya va barqaror laboratoriya faoliyati vositasi sifatida sifat menejmenti tizimlari kabi sohaga oid xalqaro mavzular muhokama qilinadi.