Xalqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida  Xitoyning State Grid Corporation of China kompaniyasi hududiy direktori SUN Hongxun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


“State Grid Corporation of China kompaniyasi Xitoyning elektr tarmog‘i kompaniyasi bo‘lib, dunyodagi mazkur sohadagi  eng yirik tarmoq korxonasi xisoblanadi.
Fortune Global 500 dunyoning eng yirik kompaniyalari ro‘yxatida kompaniya 
2015-yilda 2-o‘rin, 2019-yilda 5-o‘rin va 2022-yilda 3-o‘rinni egalladi.
2021 yilda 1,1 milliarddan ortiq aholini elektr energiyasi bilan ta’minladi va Xitoy hududining 88 foiziga xizmat ko‘rsatdi.”
Suhbatda qo‘shma loyihalar, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalarni barpo etish va hamkorlik masalalarining yo‘nalishlari  ko‘rib chiqildi.
 Tadbir yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorlik formati va hamkorlik yuzasidan memorandum loyihasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.