O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga olish agentligi, Latviya Standartlar instituti (Latvian Standard) va Latviya Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Markazi (Consumer Rights Protection Centre of Republic of Latvia) ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlikda sohaga oid yo‘nalishlarda yangi grant loyixalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yevropa Ittifoqning Safety Gate: the EU rapid alert system for dangerous non-food products tizimi bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarda ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.