“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” gi Prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim-tashkilotlari yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda mazkur loyihalar muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflarini bildirish, ijtimoiy hayotimizni yanada rivojlantirish, jamiyatda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan toʻgʻri va samarali foydalanib, ilgʻor loyihalar, tashabbuslarni ilgari surish davr talabiga aylab borayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, Agentlik va uning tizim-tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy anjumanlarni tashkil etib, unda yetuk olimlar, fan arboblari ishtirokini yanada koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi.