O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning yettinchi yig‘ilishi doirasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan Turk standartlari instituti (TSE), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) bilan muloqot o‘tkazilgan edi.
Muloqot natijasiga ko‘ra joriy yilning 22-yanvarida SMIIC, Turkiya Halol akkreditatsiya idorasi (HAC) ekspertlari tomonidan OIC/SMIIC 33:2020 (Conformity Assessment-Example of a Certification Scheme for Halal Products) standarti bo‘yicha onlayn treyning seminar tashkil etildi.