O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari Urgut tumanida joylashgan plastmassadan tayyorlangan mahsulotlarni  ishlab chiqaruvchi “Urgut Super Plast” korxonasida bo‘lishdi.

 

Bu yerda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishgan mutaxassislar korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.