2023-yilning 09-noyabr kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Respublika hududida sotilayotgan sut va sut mahsulotlari yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilgan edi. Shuningdek, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish ustidan qat’iy nazoratga olish belgilab o‘tildi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zTTSA Davlat nazorati Departamenti Navoiy viloyati boʼlimi va “UzTest” DM Navoiy filiali tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi muvofiqlikni baholash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar hamda viloyatdagi sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari jalb qilingan holda amaliy seminar tashkil qilindi.
Seminarda sohaga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.