Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlangan bo‘lib, ularning balandligi 100 metr, parraklari 84 metrdan iborat 158 ta qurilma o‘rnatilishi belgilangan.
G‘ijduvon tumanida Envision kompaniyasining (Xitoy) 6,5 MVt quvvatli shamol turbinalaridan 14-sida qurilish montaj ishlari davom ettirilayotgan bo‘lib, stansiyalarning ilk quvvatlari 2024-yilda ishga tushiriladi.
O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro hududiy filali mas’ullari G‘ijduvon tumani “Zafarobod” aholi yashash maskanida olib borilayotgan qurilish maydonida “Acwa Pover” loyiha guruhi rahbari Alpin Karain va “China Energy International Enginering CO.LTD”ning “Bash qurilish maydoni” direktori Li Yanpin bilan uchrashib, qurilish ta’mirlash ishlarining borishi, o‘lchash vositalari hamda sinov jihozlarining davlat ko‘rigidan o‘tkazilish holati, ob’ektni ishga tushirilganidan keyingi hamkorlikda amalga oshiriladigan masalalar kelishib olindi.
Stansiyalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1,5 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida uzunligi 260 km bo‘lgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari qurilishi, buning natijasida elektr uzatish tarmoqlari energetika tizimining shimoliy-g‘arbiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati) hamda janubiy-g‘arbiy (Buxoro va Navoiy viloyatlari) qismlarining bog‘lanishini mustahkamlaydi.