O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Nurobod tumanida joylashgan kir yuvish mashinalari va alyumin radiotar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “TESPACK INVESTMENT” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Korxona vakillariga sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.