Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida bugun soha yoʻnalishidagi davlat va xususiy sektordagi mutaxassislar uchun oʻquv seminari tashkil etildi.
Davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar ishtirok etgan oʻquv seminarda xalqaro ekspert Glen Bosman tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi:
• Standartlarni moliyalashtirishda xalqaro tajriba
• Standart idoralarini moliyalashtirishda xalqaro tajriba
• Oʻzbekiston va Standartlar boʻyicha xalkaro tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik.
Oʻquv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi, xalqaro ekspert Glen Bosman tomonidan barcha savollarga batafsil javob berildi.