So‘nggi yillarda mamlakatda faol investitsiya va eksport faoliyatini amalga oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari tomonidan maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirgan «Super Xrust» korxonasida mutaxassislar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar ishlab chikishda xalkaro standartlar muximligi tushuntirildi. Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.