O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan 2023 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar hisoboti Jamoatchilik kengashi tomonidan muhokama qilindi.
Tadbirda Jamoatchilik kengashi a’zolari, agentlik mas’ul xodimlari va tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilganlarga agentlik tomonidan 2023-yilning ikkinchi yarmi davomida soha yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ham aytib o‘tildi.
Kengash a’zolari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi - Nodirbek Yusupbekov, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) - Olimjon To‘ychiyev, O‘zbekiston Standartlar instituti bosh ilmiy xodimi, Texnika fanlari doktori, Fizika, matematika fanlari nomzodi, professor - Ortiqali Hakimovlar hisobot bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.