“O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat nifratuzilmasidagi islohotlarni va sifatni ta’minlash xizmatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” va “O‘rta Osiyo davlatlarining sifat infratuzilmalarini mustahkamlash” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Germaniya Federal fizika-texnik instituti (PTB) ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik (ILAC)ning to‘la huquqli a’zosi safiga qabul qilinganligi va natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama Bitimga qo‘shilganligi, O‘zbekiston milliy metrologiya institutida milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish bo‘yicha yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va me’yoriy talablarga mosligi Germaniya ekspertlar tomonidan e’tirof etildi.
Erishilgan muhim natijalar mamlakatmizda sifat infratuzilmasidagi islohotlar va sifatni ta’minlashdagi ufqlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirildi.
O‘z navbatida Germaniyalik ekspertlarga yuqorida ishlarni amalga oshirishda nazariy va amaliy bilimlari bilan yordam ko‘rsatganligi uchun minnatdorchilik izhor etildi.
Tadbirda loyiha doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida navbatdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va tarmoqlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarda ikki tomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirishga kelishildi.