O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Davlat nazorati departamenti Sirdaryo viloyati filiali xodimlari tomonidan korxonalarga yordam ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo tumani erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Asaka motors international” MCHJ da joyiga chiqilgan holda korxonalarning sohaga doir muammolari o‘rganilib, faoliyatda aniqlangan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.