Kuni kecha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” korxonasi Jizzax filiali vakillari “Jizzax Toshtepa textile” MChJda bo‘lib hamkorlik ishlarini tahlil qilishdi. Jizzax shahrida joylashgan mazkur korxona tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlari asosan Rossiyaga eksport qilinmoqda. Joriy yilda bu yerda 15 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar sщnggi 5 oy mobaynida 7 milion dollarlik mahsulot eksport qilishga erishilgan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni GSP+ doirasida Yevropa Ittifoqiga yo‘naltirish maqsadida filial xodimlarining olib borilgan ishlar natijasida mahsulotlarni Italiya va Germaniya davlatlariga eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolanishiga erishildi. Shundan bugungi kunda Italiya davlatiga 150 ming dollarlik tekstil mahsuloti eksport qilinmoqda.