O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida joylashgan “Samarqand Stone Trade Corporation” MCHJ qo‘shma korxonasiga joyiga chiqqan holda, eksportyor korxonalarning muommolari o‘rganildi.
Shuningdek, mahsulot turlari va eksport salohiyatini oshirish choralarini koʻrish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi. Korxona mas’ullari bilan uchrashgan mutaxassislar sohaga doir qonunchilik yangiliklari haqida ma’lumotlar berishdi.