Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida joriy yilning 2-may kuni Toshkent sh, Xilton mehmonxonasida Markaziy Osiyo iqtisodiy dasturi (CAREC) doirasida salohiyatli erkin savdo bitimi boʻyicha milliy seminar oʻtkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi - CAREC mintaqasining salohiyati va uning doirasidagi erkin savdo bitimlarining potensial taʼsiri haqida xabardorlikni oshirish.
Shuningdek, seminarda loyiha ishtirokchilari tomonidan tadqiqot hisobotining taqdimoti va uning manfaatdor vazirlik va idoralar xususiy sektor hamda fuqarolik jamiyati vakillari oʻrtasida muhokama qilindi.
Tadbirda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlari ham ishtirok etdi.