19-21-aprel kunlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi akkreditatsiya hamkorligida “Malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043:2023 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish” mavzusida mintaqaviy amaliy seminar oʻz ishini boshladi.
Unda AQSH, Avstraliya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlarining akkreditatsiya idoralaridan vakillar ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar uch kun davomida ISO/IEC 17043:2023 Xalqaro standarti talablari, mahsulotlarni toʻgʻri sinash va sifatini aniqlash uchun laboratoriyalar faoliyatiga ilmiy-texnologik yutuqlarni uzluksiz joriy qilish mezonlari bilan tanishadilar hamda bu sohadagi malaka va koʻnikmalari bilan oʻzaro tajriba almashadilar. Mazkur mintaqaviy tadbir muammoli holatlar, xavf-xatarga asoslangan baholash, malakani tekshirishda oʻlchashdagi noaniqliklarni inobatga olish kabi bir qator mavzularni muhokama qiladilar.
Mazkur mintaqaviy tadbirning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi tizimda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan akkreditatsiya faoliyati joriy qilinganligini namoyish etishdir. Shuningdek, APAC MRA ishtirokchisi sifatida koʻp tomonlama Bitim doirasida Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi hamda mutaxassislar malakasini oshirishi imkonini beradi.