O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Davlat nazorati departamenti Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida so‘nggi me’yoriy hujjatlar talablari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Karmana tumani Erkin iktisodiy industrial zonasi (EIIZ) da joylashgan “Polupropilen Quvurlari” MChJ da bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 13-iyunda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi berilgan topshiriqlar ijrosi hamda texnik jixatdan tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan qonunlarining mazmun mohiyati bo‘yicha yig‘ilganlarga keng tushunchalar berildi.