Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Olmazor tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi masʼullari ishtirokida “Kiber jinoyatga qarshi kurashish” boʻyicha suhbat boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida kiber hujumlardan ehtiyot boʻlish, unga qarshi qay tarzda kurashish hamda aholiga ushbu masalada tushuntirishlar olib borish haqida soʻz bordi.
Shuni taʼkidlab oʻtardikki, oʻzingizga tegishli boʻlgan plastik karta maʼlumotlarini hech kimga bermasligingiz, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn buyum sotib olayotganda ehtiyotkor boʻlish va turli firibgarlarning aldoviga
ishonib qolmasligingizni soʻrab qolgan holda, agar mana shunday holat sizda kuzatiladigan boʻlsa, darhol IIBB xodimlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz!