O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departamentning Farg‘ona bo‘limi, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi viloyat bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi yosh tadbirkorlar uchun sohalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminar jarayonida shu kunlarda sohaga oid yangiliklar va 2023 yil uchun rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha so‘z olib borildi hamda shu kabi tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.