Agentlik Matbuot xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi OAV xodimlari ishtirokidagi press tur doirasida yurtimizda gaz balonlarining oʻrnatilishi va ulardan notoʻgʻri foydalanish oqibatlari hamda tadbirkorlik subyektlariga berilgan vakolatlardan toʻgʻri foydalanish yuzasidan maʼlumot berildi.
Dastlab, jurnalistlar akkreditatsiyadan oʻtgan, gaz balonlarni oʻrnatish va sinovlarini oʻtkazayotgan laboratoriya faoliyati bilan tanishdilar. Soʻngra gaz yoqilgʻisi quyish shaxobchalarida boʻlib, haydovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish, gazni belgilangan meʼyorlarida quyish va tegishli hujjatlari koʻzdan kechirilib, soʻngra xizmat koʻrsatilishi yuzasidan maʼlumotga ega boʻldilar.
Presss tur jarayonlarida Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar FV Bosh boshqarmasi masʼullari ham ishtirok etib, oʻtgan yili qoʻlbola gazbalonlarini oʻrnatish va belgilangan muddatlarda tekshirishlarni oʻtkazmagan va yoqilgʻi qoʻyish shaxobchalarida meʼyorlardan koʻp gaz quyilgani oqibatida bir qancha koʻngilsizliklar yuz bergani haqidagi maʼlumotlarni berdilar.
Hurmatli yurtdoshlar, sizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz! Qoʻlbola gazbalonlaridan foydalanmang, bu oʻzingiz va boshqalarning hayoti uchun oʻta xavfli!