Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston-Belorusiya "RANCH” Tyexnologiya Universitetining professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdilar.
Yangi tashkil etilgan mazkur xususiy taʼlim muassasasi, Xorazm mintaqasida mashinasozlik va unga turdosh sanoat tarmoq sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Shuningdek, Universitet mashinasozlik yoʻnalishida katta tajriba va oʻta zamonaviy laboratoriya bazasiga ega Belorussiya-Rossiya universiteti hamda Belgorod texnologiya universiteti va Germaniyaning Krone Holding konserni bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Eʼtiborli jihati shundaki, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “BRANCH” Texnologiya Universiteti oʻrtasida sanoat korxonalariga metrologiya yoʻnalishida malakali kadrlarni tayyorlash, sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish hamda 5+1 tamoyili asosida talabalarni nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot bilan uygʻunlashtirish orqali kengaytirish boʻyicha mashinasozlik yoʻnalishida sinash va kalibrlash oʻquv xonasini birgalikda tashkil etish yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi.