Ona. Vatan. Bu ikki muqaddas kalomlarning yonma-yon yozilishida juda katta ramziy maʼno mujassam. Har birimiz dunyoga kelib, kindik qonimiz tomgan, ulgʻaygan zaminga oʻzgacha mehr qoʻyamiz.
Insonni oʻz onasi qanchalik mehr va eʼtibor bilan parvarishlab, ulgʻaytirsa, Vatan ham oʻz farzandini shunchalik eʼzozlaydi. Uni koʻz qorachigʻidek asraydi.
Ona-Vatan bizni shunchalik oʻz bagʻrida voyaga yetkazar ekan, oʻz navbatida biz ham oʻzimiz, oilamiz yashayotgan zaminni ulugʻlashimiz, uni tinchligi va farovonligiga masʼul boʻlishimiz lozim. Oʻshanda onamiz va vatanimiz oldidagi farzandlik burchimizni bajargan boʻlamiz.
Har yili yurtimizda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Shu sana munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Vatan posbonlari bayrami bilan tabriklaydi.
Oʻzbekistonimizning quyoshi charaqlayverib, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi abadiy boʻlsin!