ISO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yangi “ISO / TS 24179, Inson resurslarini boshqarish - mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalari” standarti bu inson resurslarini boshqarish bo‘yicha ichki va tashqi hisobotlar uchun taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarni taqdim etadigan texnik qo‘llanma (TS)
va ko‘rsatma hujjatlarning birinchisidir.
Mazkur standart mehnat jarohatlari, baxtsiz hodisalar va kasalliklar tufayli yo‘qotilgan vaqt, baxtsiz hodisalar soni, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitilgan odamlar soni va boshqa ko‘p narsalarni qamrab oladi..
Yangi ISO / TS 24179 “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalari” standarti Amerika standartlar instituti (ANSI) rahbarligidagi ISO / TS 260 Inson resurslarini boshqarish texnik qo‘mitaci tomonidan ishlab chiqildi.
Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2555.html