“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyatidagi ustivor vazifalar hamda mahsulot sinovlarini o‘tkazishda laboratoriyalarining imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumani O‘zbekiston Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilib, unda OAV xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuvda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi faoliyatidagi muhim jihatlar ko‘rgazmali ma’lumotlar yordamida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksportyor korxonalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani so‘nggida jurnalistlarning savollariga javob berildi.