“O‘zstandart” agentligi va uning tizim-tashkilotlari faoliyatida birlamchi vazifa iste’molchilarnining manfaatlarini ta’minlash hamda ularni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan.
Mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, yurtimizga chetdan olib kelinayotgan hamda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik sinov ko‘rsatkichlari to‘liq baholangandan so‘ng muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib beriladi.
“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari tomonidan 2020 yilning 7 oyi mobaynida respublikamiz hududiga import qilingan 907 981 920 so‘mlik 3 turdagi mahsulotlar amaldagi me’yoriy hujjat talablariga nomuvofiqligi aniqlanib, ichki bozorlarga olib kirilishining oldi olindi.
- 322 071 120 so‘mlik yog‘ va kakao o‘rnini bosuvchi “SolPro” yog‘liligi 99,7% jami: 32 220 kg
- 4 564 000 so‘mlik pnevmatik shinalar “Tunga_Zodiak_2SP-7 86T” jami: 40 dona.
- 581 346 800 so‘mlik sut yog‘i o‘rnini bosuvchi “Miloko
s lyubovyu” yog‘liligi 3.2 % jami: 124 068 dona